Farg‘ona viloyati hokimi qaroriga asosan, Hamidjon Ismailovich Habibiddinov Farg‘ona shahri hokimi lavozimiga tayinlandi. Bu haqida Xalq deputatlari Farg‘ona shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ma’lum qilindi, deb xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.
Hamidjon Habibiddinov shu paytga qadar Farg‘ona viloyati Davlat soliq boshqarmasi rahbari vazifasini vaqtincha bajaruvchi, Davlat soliq qo‘mitasi yuridik shaxslarga soliq solish bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan.
2016-yilning 1-dekabridan buyon Farg‘ona shahriga hokimlik qilgan Shavkatjon Shokirovich Erkaboyev joriy yilning 15-oktabr kuni Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev rahbarligida viloyat faollari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda lavozimidan ozod etilgandi.
16-oktabr kuni Farg‘ona shahriga vaqtincha rahbarlik qilish Ravshan Rahimjonov zimmasiga yuklatilgan edi.
Mavzuga doir: Farg‘ona shahri va tumaniga yangi hokim tayinlandi
Izoh (0)