21-oktabr, yakshanba kuni taxminan soat 12:00 da Toshkent shahri Sergeli tumani IIBga mashina bozorida to‘pponcha ushlagan shaxs yurgani haqida xabar kelib tushdi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati ma’lum qildi.
Voqea joyiga yetib kelgan IIBB va Milliy gvardiya xodimlari Yunusobodda yashovchi 39 yoshli N.A.ni qo‘lga oldi. Undan Makarov pnevmatik to‘pponchasi va kukri pichog‘i olib qo‘yildi.
Sergeli IIBga keltirilgan N.A. bozorga qarindoshiga tegishli Matiz va Epica avtomobillarini sotish uchun kelganini aytgan. U faqat havoga o‘q uzgani va hech kimga zarar yetkazmoqchi bo‘lmagani aniqlandi. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmadi.
Qo‘lga olingan erkakning shaxsi aniqlanganda u ruhiy-nevrologik dispanserda ro‘yxatda turishi oydinlashdi. U darhol davolash muassasasiga joylashtirildi.
Izoh (0)