Kecha, 16-oktabr sanasida FIFA kunlari doirasida bir qator milliy terma jamoalar o‘rtoqlik o‘yinlarini o‘tkazdi.
Jumladan, Braziliya terma jamoasi Argentina termasiga qarshi maydonga tushib, Joao Mirandaning 90-daqiqada kiritgan yagona goli evaziga g‘alaba qozondi.
Roberto Martines boshchiligidagi Belgiya terma jamoasi esa Niderlandiya termasiga qarshi bahs olib borib, 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Avvaliga Dris Mertens 5-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, 27-daqiqada esa Arnaut Grunevelt hisobni 1:1 ko‘rinishiga keltirdi. Mazkur hisob o‘yin oxirigacha o‘zgarmay qoldi.
Shuningdek, Shvetsiya terma jamoasi o‘z maydonida Slovakiyani qabul qilib, 1:1 hisobida durang qayd etdi. Daniya esa Avstriya termasi ustidan 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabaga erishdi.
O‘rtoqlik o‘yinlari
16-oktabr, seshanba
Braziliya—Argentina 1:0
Gol: 0:1 – 90 MirandaDaniya—Avstriya 2:0
Gollar: 1:0—29 Lerager, 2:0—90 Breytueyt.Shvetsiya—Slovakiya 1:1
Gollar: 1:0—52 Gvidetti, 1:1—84 Resnak.Belgiya—Niderlandiya 1:1
Gollar: 1:0—5 Mertens, 1:1—27 Grunevelt.17-oktabr, chorshanba
Izoh (0)