O‘zbekiston Milliy banki Andijon viloyatining mansabdor shaxslari o‘zgalar mulkini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-tarojliklarga qo‘l urganlikda ayblanmoqda. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda, deb yozadi “Gazeta.uz”.
Bosh prokuratura qoshidagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamentining Andijon viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda filial mansabdor shaxslari va boshqalar oldindan jinoiy til biriktirib, mazkur bank mijozlari hisoblangan 10 ta xo‘jalik yurituvchi subyektning valyuta hisob-raqamlarida bo‘lgan 759 ming AQSh dollarini ularning xabarisiz boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning hisob raqamlariga noqonuniy o‘tkazgan.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” va “g” bandlari hamda 209-moddaning 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh (0)