Yamanning Xudayda viloyatida mikroavtobuslarga berilgan zarba oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Bundan tashqari, 20 kishi yaralandi.
Voqea viloyatning Jabal ar-Ras tumanida ro‘y berdi. Yaradorlar mahalliy shifoxonaga yetkazildi.
Zarbani kim amalga oshirgani hozircha aniq aytilmayapti.
Izoh (0)