Surxondaryo viloyatining Angor tumanida yashovchi F.K. Damas rusumli avtomashinasini Termiz shahri, R.Soatova ko‘chasida haydab ketayotib, YTH sodir etdi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
U shu ko‘chada xizmat olib borayotgan yo‘l-patrul xizmati inspektori Ya.M.ni urib yubordi.
Hodisa oqibatida inspektor jarohat olib, kasalxonaga yotqizildi.
Surishtiruvni prokuratura olib bormoqda.
Izoh (0)