Bugun, 12-oktabr sanasida Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida Paraosiyo o‘yinlari davom etmoqda. Musobaqalarning navbatdagi kunida o‘zbekistonlik sportchilar 3 maedalga ega chiqdi.
Jumladan, 1500 metrga yugurish bahslarida Ma’rufjon Murodillayev oltin medalni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, Elbek Sultonov disk uloqtirishda, Asila Mirzayorova uzunlikka sakrash bahslarida bronza medalga sazovor bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston sport delegatsiyasi hisobidagi medallar soni 70 ta tashkil etib turibdi. Shulardan 32 tasi oltin, 20 tasi kumush, 18 tasi esa bronza medallaridir.
Izoh (0)