Xorijiy hamkasblar tajribasi va kino sanoati sohasidagi so‘nggi yutuqlarni o‘rganish uchun o‘zbek kinematograflarining bir guruhi AQShda bo‘lib qaytdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Ular Nyu-York kinoakademiyasi va Los-Anjeles kinofilm maktabida bo‘lib, talabalar va o‘quvchilarning ishi bilan tanishdi, master-klasslarda ishtirok etdi. Kino va animatsiya, aktyorlik, kinematografiya kurslarida amalga oshiriladigan ishlar bilan tanishdi.
Hamkorlikka oid kelishuvlar, kelajakdagi rejalar va sohaga oid yangiliklarni jamoatchilikka yetkazish maqsadida anjuman tashkil etildi. Unda Amerikaning yetakchi kinematografiya kompaniyalari vakillari bilan aloqalarni o‘rnatish yuzasidan olib borilgan ishlar tahlil etildi.
Izoh (0)