“Taxtlar o‘yini” filmida Sansa Stark roli bilan tanilgan britaniyalik aktrisa Sofi Tyorner serialning yakuni haqidagi taassurotlarini aytib berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, serialning yakuni “fojiali va adolatsiz” bo‘lgan. Bu haqda “Korrespondent.net” yozmoqda.
Aktrisaning ta’kidlashicha, u serialning oxirini o‘zgartirgan bo‘lar edi. Shu bilan birga, u shunday keng miqyosli va ommabop loyihada ishtirok etganidan xursand ekanligini tan oladi.
Tyornering qo‘shimcha qilishicha, o‘tgan mavsumlardan farqli ravishda, kelajakda uning qahramoni o‘zgaradi. U o‘ziga anchagina ishongan, o‘tgan mavsumlardagi ikkilanishlardan asar qolmagan.
Izoh (0)