• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12904.51
    • RUB161.99
    • EUR14575.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +19°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Mirzo Ulug‘bek Abdusalomov: “Saylov jarayonini boshqarishning elektron tizimi yaratiladi”

    Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo Ulug‘bek Abdusalomov 2018-yil 4-oktabrdagi “Saylov jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror ahamiyati va ijrosi bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    – Zamonaviy texnologiyalardan mamlakatimizning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy salohiyatini oshirish, elu yurtimiz qadriyatlarini va yutuqlarini jahon hamjamiyatiga tanitish, xalqimiz farovonligini oshirish yo‘lida samarali foydalanilmoqda, – deydi M.Abdusalomov.

    – Prezident Shavkat Mirziyoyevning davlatchiligimizda ulkan o‘zgarish yasagan tarixiy nutqi – 2017-yil 22-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida “... 2019-yilda hokimiyatning vakillik organlariga bo‘lib o‘tadigan saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha tadbirlar dasturini ishlab chiqishga hozirdan kirishish kerak. Dasturda mazkur siyosiy jarayon yanada oshkoralik ruhida o‘tishini ta’minlaydigan yangi, ilg‘or amaliyotni joriy etishga alohida e’tibor qaratish zarur”, — deb ta’kidlangan edi.

    Bevosita davlatimiz rahbari tashabbusi bilan qabul qilingan 2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 5-bandida O‘zbekiston Respublikasi saylovchilarining Yagona elektron ro‘yxati va saylov jarayonlarini boshqarishda axborot tizimini takomillashtirish hamda “Elektron hukumat” tizimi doirasida butun respublika bo‘yicha joriy etish vazifasi belgilab qo‘yildi.

    Saylov jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishga oid qarorning qabul qilinishi ushbu vazifalarni amalga oshirishda juda muhim ahamiyat kasb etadi. Garchi ushbu qaror tashkiliy-huquqiy xususiyatga ega bo‘lsa-da, uning siyosiy ahamiyati beqiyosdir. Mazkur qaror bilan mamlakatimizda saylov tizimini isloh qilish bo‘yicha yangi qadam qo‘yildi. Zero, saylov siyosiy hayotimizni demokratlashtirishda eng dolzarb jihatlardan hisoblanadi.

    Prezident qarorining qabul qilinishidan asosiy maqsad – avvalo, saylov jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishdan iborat. Shuningdek, saylov jarayonini boshqarish axborot tizimi va saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatidan samarali foydalanish uchun zarur dasturiy infratuzilmani yaratishdir.

    Bu tizim barcha saylovchilar umumiy sonini, ya’ni ma’muriy-hududiy birliklar kesimida ularni aniqlash, shuningdek, xorijdagi vatandosh saylovchilar hisobini olish, saylov okrugi va uchastkalaridagi saylovchilar normasini belgilash uchun qulay shart-sharoit yaratadi.

    Mazkur tizimni joriy qilish saylovlarning shaffofligini, “bir saylovchi – bir ovozga ega” prinsipini qat’iy amalga oshiradi. Ro‘yxatning xolisligi va izchil yangilanib borishini ta’minlaydi. Saylovchilar yashash manzili o‘zgarganda onlayn tarzda murojaat qilib, saylov uchastkasini o‘zgartirishi oson bo‘ladi. Har bir saylovchi tegishli ma’lumotlar bazasi bilan tanishish uchun imkoniyatiga ega bo‘ladi. Okrug va saylov uchastkalarida ovozlarni sanab chiqish, yakunlarini umumlashtirish ishlarini yengillashtiradi.

    Elektron tizim – saylovchilar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish bilan birgalikda saylov komissiyalari ishini ham osonlashtiradi. Bundan tashqari, ushbu dasturning ishga tushirilishi fuqarolarning doimiy va vaqtinchalik yashash joylari, chet ellarga chiqish va qaytishi haqidagi batafsil ma’lumotlarni, uy-joy va boshqa ko‘chmas mulk obyektlarini to‘liq hisob-kitobini, hududlar, ko‘chalar, uylar va xonadonlarning nomlari va raqamlarini elektron shaklda aniq va ravshan belgilanishini taqozo etadi.

    Bu, o‘z navbatida, fuqarolik holati dalolatnomalarini to‘liq tartibga solish, aholi migratsiyasi, pasport tizimi va davlat kadastr xizmati ahvolini yuqori saviyaga ko‘tarishga olib keladi. Shuningdek, soliq solish obyektlari kengayadi va budjet daromadlari oshadi.

    – Saylov jarayonida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha eksperiment o‘tkazilgan edi. Bu qanday natija bergan?

    – Haqiqatan, 2017-yil 24-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan Toshkent shahar xalq deputatlari tuman Kengashlariga saylovlarda saylov jarayonida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash maqsadida axborot-kommunikatsiya tizimini joriy etish va saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatini tuzish ilk marotaba huquqiy eksperiment tariqasida sinovdan o‘tkazilgan.

    Saylovchining yagona elektron ro‘yxatga kiritilishi har bir fuqaroni aniq manzili bilan birgalikda ro‘yxatga olish demakdir. Hozirgi kunga qadar, to‘g‘risini aytadigan bo‘lsak, bitta saylovchi bir nechta ro‘yxatga kirib qolishi holatlari uchrayotgandi. Ya’ni propiskasi bir joyda, yashash joyi boshqa yerda. Bu esa, o‘z navbatida, saylov kuni ayrim muammolarni keltirib chiqarar edi. “Bir saylovchi – bir ovoz”ga ega degan prinsipga ayrim joylarda rioya etilmaganligi xalqaro kuzatuvchilar tomonidan ham qayd etilgan edi.

    Yana bir muammo: bu saylovchilarning doimiy va vaqtincha yashash joylari to‘g‘risidagi ishonchli va aniq axborotning yetarli emasligidir. Bu esa boshqa bir muammoni keltirib chiqargan. Mazkur masala ko‘chmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestrining yo‘qligi yoki obyektlar yagona reyestri qog‘oz shaklida eskirib ketgan va bir xillashtirilmaganligi muayyan qiyinchiliklarni keltirib chiqarar edi. Saylov uchastkalarining zamonaviy kompyuter uskunalari bilan jihozlanishi va ularning internet tarmog‘iga ulanishi darajasi pastligicha qolayotgani saylov jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish imkonini bermagan. Shuningdek, joylardagi saylov komissiyalari a’zolarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishga doir bilim va ko‘nikmalari darajasi pastligi saylov jarayonini raqamlashtirish va avtomatlashtirishda qiyinchilik tug‘dirgan.

    Saylov jarayoniga AKTni joriy qilish bo‘yicha xorijiy tajriba ham batafsil o‘rganildi. Rivojlangan demokratik davlatlarning saylov qonunchiligi va amaliyoti, xususan 20 dan ziyod nafaqat G‘arbiy Yevropa, balki Sharqiy Osiyo va MDH mamlakatlarining tajribasi ham tahlil qilindi. Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Butunjahon saylov organlari assotsiatsiyasi va boshqa xalqaro tashkilotlarning tavsiyalari e’tiborga olindi.

    Mana endi yangi qarorga asosan 2019-yil dekabr oyida bo‘lib o‘tadigan parlament va mahalliy Kengashlarga saylovlar jarayonida mazkur yangi tizim amaliyotga joriy etiladi.

    – Saylov jarayonini boshqarishning axborot tizimini joriy qilishda Markaziy saylov komissiyasi qanday vazifalarni bajaradi?

    – Prezidentimiz qarorida Markaziy saylov komissiyasiga mamlakatning butun hududida Saylov jarayonini boshqarishning axborot tizimini joriy qilish va Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatidan foydalanish bo‘yicha faoliyatga umumiy rahbarlikni va muvofiqlashtirishni amalga oshirish yuklangan.

    Shuningdek, saylov komissiyalari vakillarini yangi tizim bilan ishlash ko‘nikmalariga o‘qitish vazifalari qat’iy etib belgilab berildi. Markaziy saylov komissiyasida yig‘ilish o‘tkazilib, qaror ijrosi uchun mas’ul bo‘lgan davlat organlari, manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.

    Mazkur qaror mamlakatimizda saylov tizimini yanada takomillashtirish, saylovchilarning huquqiy madaniyati hamda siyosiy faolligini yuksaltirish, saylovlarning ochiq, oshkora va transparentligini ta’minlashga zarur sharoit yaratadi. Saylov jarayoniga fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari hamda mahalliy va xalqaro kuzatuvchilarning ishtirokini kengaytirish borasida dasturilamal bo‘lishiga ham ishonchimiz komil.

    Qayd etib o‘tish joiz, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan mamlakatimizda saylov tizimini isloh qilish, uni yanada demokratlashtirish, xalqaro andoza va prinsiplarga moslashtirish, fuqarolarga qulaylik va erkinlik yaratish bo‘yicha ulkan ishlar olib borilmoqda. Saylov qonunchiligini takomillashtirish yo‘lida yangi Saylov kodeksi loyihasi keng xalq muhokamasidan o‘tmoqda, xalqaro ekspertlar va tashkilotlarning xulosalari olinmoqda.

    Saylov jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etilishi ushbu yo‘nalishda olib borilayotgan islohotlarni tubdan yangi bosqichga ko‘taradigan amaliy ishlarga yo‘l ochdi.

    09.10.2018, 09:30   Izoh (0)   8310
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Farg‘onada xonadonidan 8 kg giyohvandlik moddasi topilgan fuqaroga jazo tayinlandi

    09.10.2018, 09:11

    Sirdaryoda paxta hosilini sotib yuborgan fermerga jinoyat ishi ochildi

    09.10.2018, 09:11

    O‘zbekistonda xususiy maktablarga davlat namunasidagi attestatlar topshirishga ruxsat berilishi mumkin

    09.10.2018, 08:55

    Shavkat Mirziyoyevning Fransiyaga rasmiy tashrifining birinchi kuni (video)

    09.10.2018, 08:40

    Farg‘onada davlat xizmatlari markazlari tomonidan 320 mingdan ortiq davlat xizmatlari ko‘rsatildi

    09.10.2018, 08:40

    Shavkat Mirziyoyev Fransiya kompaniyalarini O‘zbekistondagi investitsiya loyihalarini amalga oshirishda faollikka chaqirdi

    09.10.2018, 08:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mobiuz IQAir havo sifati datchigini o‘rnatdi


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    TBC Uzbekistan o‘zining sun’iy intellektga asoslangan yechimlari orqali samaradorlikni oshirib, o‘sish sur’atlarini tezlashtirmoqda 


    AKFA Medline University Hospital AHA rasmiy o‘quv markazi maqomini qo‘lga kiritdi


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Huawei Cloud TechWave Summit 2025: Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda muvaffaqiyatni oshirish uchun intellektuallikni tezlashtirish 


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    ZTE korxonasi GSMA M360 Yevrosiyo forumida suniy intellekt raqamli iqtisodiyot rivojiga qo'shayotgan hissasi haqida ma’lumot berdi


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    APEX BANK Toshkentda Bosh ofis va Markaziy sotuv ofisini ochdi


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    Huawei O‘zbekistondagi “Tech Carnival”da Intellektual dunyo rivojini jadallashtirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentda daraxt bosib qolgan fuqaro vafot etdi

    O‘zbekiston | 24 may, 23:21

    Superliga. “Buxoro” mehmonda “So‘g‘diyona” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 24 may, 23:08

    Toshkent va Andijondagi oshxona hamda xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi (video)

    O‘zbekiston | 24 may, 22:40

    Namangan hokimi 100 yilligi nishonlanayotgan maktabdagi “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi

    O‘zbekiston | 24 may, 22:00

    Quyoshdan himoyalovchi kremlardan foydalanishda tez-tez uchraydigan xatolik aniqlandi

    Layfstayl | 24 may, 21:40

    Samarqand 2025-yili Islom dunyosining madaniyat poytaxtiga aylanadi

    O‘zbekiston | 24 may, 21:25

    Superliga. “Neftchi” o‘z maydonida bir kishi kam bo‘lib qolgan “Sho‘rtan”ni tor-mor etdi

    Sport | 24 may, 21:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.