Bugun, 7-oktabr sanasida Angliya premyer ligasi 8-turi doirasida uchta uchrashuv bo‘lib o‘tishi belgilangandi. Shulardan yana biri yakunlandi.
Londonning “Chelsi” jamoasi safarda “Sauthempton” bilan kurash olib bordi va yirik 0:3 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Londonliklar safida Eden Azar 30-daqiqada hisobni ochuvchi golga mualliflik qildi.
Ikkinchi bo‘limning 57-daqiqasida Ross Barkli hisobni 0:2 ko‘rinishiga keltirdi.
O‘yindagi so‘nggi gol esa 90-daqiqada Alvaro Morata hisobiga yozildi.
“Chelsi” mazkur g‘alabadan so‘ng 20 ochko bilan kamida 2 soatga musobaqa peshqadamiga aylanib oldi.
Turning markaziy o‘yini esa birozdan so‘ng boshlanadi. Unda “Liverpul” o‘z uyida “Manchester Siti”ni qabul qiladi.
Angliya premyer ligasi
8-tur bellashuvlari
7-oktabr, yakshanba
Izoh (0)