Basklar o‘lkasi universiteti (Ispaniya) olimlari kvant kompyuterida hayot simulyatsiyasini yaratdi. Scientific Reports jurnalida tavsiflangan tadqiqotda aytilishicha, olimlar kompyuter simulyatsiyalariga nisbatan kutilmaganlik effektini qo‘llashga uringan, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
“Taklif etilgan modeldan maqsad — Darvin evolyutsiyasiga xos jarayonlarni kvant algoritmlari tiliga moslashtirib qayta tiklash”, — ma’lum qildi universitet tadqiqotchilari.
IBM QX4 kvant kompyuteri yordamida olimlar kvant hayoti birliklarini kodladi. Ular ikki kubitdan iborat edi: bittasi genotip, ikkinchisi esa fenotipdan iborat.
Bu birliklar reproduksiya, mutatsiya, rivojlanish va o‘lishga programmalashtirilgan edi. Tasodifiy o‘zgarishlar kvant holatlari aylanishi yordamida amalga oshirib borildi.
Izoh (0)