Toshkentda Shayxontohur tumanida yashovchi muqaddam sudlangan B.X. Chilonzor 6-daha hududida joylashgan maktab o‘qituvchisi R.E. ismli ayolga tegishli sumkani o‘g‘irlab ketdi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Sumka ichida 150 ming so‘m va 2 000 AQSh dollari bo‘lgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida B.X. qo‘lga olindi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)