Butun dunyodan yig‘ilgan olimlar guruhi Yerga yaqin joylashgan SS 433 anomal mikrokvazarni aniqladi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Kosmik obyekt Somon yo‘lida Quyosh tizimidan 15 yorug‘lik yili masofada joylashgan. Kvazar o‘zini “qondoshlari” kabi tutmoqda. Kvazardan chiqayotgan jedlar deb ataluvchi plazmalar yorug‘lik tezligining to‘rtdan biriga teng tezlikda tarqaladi.
Bundan tashqari, jedlar oldida energiyasi barcha mikrokvazarlarning energiyasidan 10 baravar ko‘p bo‘lgan yorug‘lik gammalari yuzaga keladi.
Astronomlar hech qachon bunday effektni kuzatmagan va SS 433 mikrokvazari uning yirik analoglari xususiyatlarini aniqlashga imkon berishi mumkin.
Kvazar — o‘ta yirik qora tuynuk tomonidan moddalar yutilishi natijasida galaktika yadrosida shakllanadigan yorug‘lik tarqatuvchi kosmik obyekt.
Izoh (0)