“EkzoMars-2016” missiyasining TGO orbital apparati bortidagi Rossiyaning FRED qurilmasi Marsning ekvatorga yaqin hududlarida suv muzining mavjudligini isbotladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Xabar berilishicha, erkin muz ko‘rinishidagi suvning bu shakli nafaqat 60 darajadan yuqori kengliklarda, balki ekvatorga yaqin hududlarda ham mavjud. Muz shaklidagi suv alohida hududlarda ekvatorga ancha yaqin kelishi mumkin.
Keyingi yilda Mars gruntidagi muzning qalinligi haqida ma’lumotlar olinishi kutilmoqda. Ayni paytda olimlar ixtiyoridagi ma’lumotlar qurilma imkoniyatlarining 10 foizini tashkil qiladi.
Izoh (0)