Rossiya prezidenti Vladimir Putin Germaniya sobiq kansleri Gerxard Shryoderning to‘yiga bormaydi, deb yozadi “TASS” davlat rahbarining matbuot kotibi Dmitriy Peskovga tayanib.
Shryoder va Janubiy Koreya fuqarosi, tarjimon Kim So Yonning nikoh to‘yi 5-oktabr kuni Germaniyada bo‘lib o‘tadi.
Avvalroq Janubiy Koreyada to‘y bo‘lib o‘tgani, kelin-kuyov oktabr oyida Germaniyada alohida to‘y o‘tkazishni rejalashtirayotgani xabar berilgan edi. 74 yoshli kansler uchun bu beshinchi nikoh.
Germaniyaning Bild gazetasi Putin nikoh marosimida qatnashishi mumkinligi haqida yozgan edi. U Shryoder bilan eskidan do‘st: ular birgalikda hammomga borgan va pivo ichgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Avstriya tashqi ishlar vaziri Karin Knaysl va biznesmen Volfgang Maylingerning to‘yida qatnashish uchun Avstriyaga borib kelgan edi.
Izoh (0)