Fransiya politsiyasi o‘g‘irlangan vertolyotda sheriklari bilan birga qamoqxonadan qochgan jinoyatchi va o‘g‘ri Reduan Faidni qo‘lga oldi. Bu haqda Fransiya ichki ishlar vazirligi xabar berdi, deb yozadi TJournal.
Uni uch oydan ortiq qidirishdi, shundan so‘ng harakatlanishini kuzatishdi, biroq u otishmalar va taqiblarsiz ushlandi.
Faidni bir necha hafta avval mamlakatning shimoliy qismidagi shaxsiy kvartiradan topishdi. Maxsus operatsiya 3-oktabrga o‘tar kechasi o‘tkazilgan: 46 yoshli o‘g‘ri bilan birga uning akasi, rafiqasi va shaxsi ma’lum qilinmagan ikki erkak qo‘lga olingan.
Faidni qo‘lga olish operatsiyasida 50 nafar qurollangan politsiyachi ishtirok etdi. Biroq ushlashda o‘qotar quroldan foydalanilmagan — jinoyatchilardan ikkita to‘pponcha musodara qilingan.
Faid 2013-yilda 25 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan edi, biroq u 2018-yilning 1-iyulida vertolyotda qamoqxonadan qochib ketgan. Qochish operatsiyasi bir necha daqiqa vaqt olgan, jinoyatchilar bir necha marta transportni almashtirganligi uchun ularni topa olishmagan. Bunga qadar fransuz qamoqxona eshigini portlatgan, biroq politsiyadan atigi bir hafta yashiringan.
Izoh (0)