O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Hindiston safari yakuniga yetdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hindiston Respublikasi Prezidenti Ram Nath Kovindning taklifiga binoan 30-sentabr — 1-oktabr kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘ldi.
Davlat rahbari Hindiston Prezidenti, vitse-prezidenti, bosh vaziri, tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Muzokaralar yakunlari bo‘yicha 20 ta salmoqli hujjat imzolandi, istiqbolli yo‘nalishlar bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Shavkat Mirziyoyev Hindistonga davlat tashrifini yakunlab, Toshkentga jo‘nab ketdi.
Izoh (0)