Ispaniyalik pensionerlar 1-oktabr, dushanba kuni butun mamlakat bo‘ylab mitinglar o‘tkazmoqda. Ular hukumatdan arzirli davlat pensiyalari bilan ta’minlashni talab qilmoqda, deb yozadi “RIA Novosti”.
Aksiyalar Madrid, Sevilya, Pamplon, Valyadolid, Granada, Valensiya va boshqa shaharlarda bo‘lib o‘tmoqda.
Asosiy talab — pensiyaning arzirli darajasi bilan ta’minlash. O‘tgan haftada parlament komissiyasi pensiya islohotiga (“Toledo pakti”) o‘zgartirishlar kiritishga kelishdi. Unga ko‘ra, pensiyalarning oshirilishi iste’mol narxlari indeksining o‘zgarishiga bog‘liq bo‘ladi, bosh vazir Pedro Sanches esa hukumat bo‘lajak o‘zgarishlarga rozi ekanligini ma’lum qildi.
Ispaniyada pensionerlarning pensiyalarni oshirishni talab qiluvchi ommaviy namoyishlari mart oyidan buyon o‘tkazib kelinmoqda.
Mamlakatda o‘rtacha pensiya o‘tgan yil oxirida oyiga 926 yevroni tashkil etgan.
Izoh (0)