Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Jeremi Xant Konservativ partiya syezdida nutq so‘zlayotib, yana bir marta Rossiyani kimyoviy qurol qo‘llagan taqdirda, “katta haq” to‘lashi haqida ogohlantirdi, deb yozadi “RIA Novosti”.
“Konservativ hukumat boshqarayotgan Buyuk Britaniyaning Kreml uchun juda oddiy xabari bor: agar siz bu mamlakatni qo‘rqitishga urinsangiz, agar kimyoviy quroldan foydalansangiz va xalqaro qoidalarga rioya qilmasangiz, buning haqi har doim katta bo‘ladi”, — dedi Xant.
Izoh (0)