Moskvaning SSKA klubi darvozaboni Igor Akinfeyev Rossiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.
32 yoshli futbolchi bundan buyon Rossiya termasi uchun maydonga tushmaydi. Akinfeyev Rossiya terma jamoasi safida 2004-yildan e’tiboran to‘p surib kelayotgan edi.
U milliy terma safida 110 ta o‘yinda maydonga tushib, 95 ta gol o‘tkazib yuborgan. 2017-yilda esa terma jamoaning sardoriga aylandi. JCh—2018 vaqtida ham u Rossiyani maydonga sardor sifatida boshlab tushdi.
Izoh (0)