Jahon chempionati sovrindori, bugungi kunda prof ringda faoliyatini davom ettirayotgan o‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov navbatdagi jangini o‘tkazdi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.
Bahodir avval ma’lum qilinganidek, mezbon bokschi Tomas Haukinsga qarshi emas, balki meksikalik charm qo‘lqop ustasi Eduardo Vitelaga qarshi ringga ko‘tarildi.
E’tiborlisi, Jalolov jangning birinchi raundidayoq raqibini nokautga uchratdi va professional ringdagi ikkinchi jangida ikkinchi g‘alabasini nishonladi.
Eduardo Vitelaning prof boksdagi janglari soni 6 taga yetdi. U bungacha 3 ta g‘alaba (2 tasi nokaut) va 3 ta mag‘lubiyat (2 tasi nokaut) qayd etgan.
Izoh (0)