Joriy yilning 6—13-oktabr kunlari Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida III Paraosiyo o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Ushbu musobaqada o‘zbekistonlik paralimpiyachilar ham ishtirok etadi. Bugun sportchilar Jakartaga kuzatildi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.
Avvaliga O‘zbekiston Milliy paralimpiya assotsiatsiyasida sportchilar uchun bayram dasturxoni yozildi.
So‘ngra Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Paraosiyo o‘yinlarida O‘zbekiston sharafini himoya qiluvchi sportchilarni tantanali kuzatish marosimi o‘tkazildi.
Ma‘lumot uchun, III Paraosiyo o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi tarixda ilk marotaba 54 nafar sportchi bilan ishtirok etadi. O‘zbekistonlik atletlar sportning beshta turi: pauerlifting, dzyudo, o‘q otish, suzish va yengil atletika bo‘yicha bahslarda o‘z omadlarini sinab ko‘radi.
Izoh (0)