Niderlandiya politsiyasi 21—34 yoshdagi yetti kishini olti oylik kuzatuvdan so‘ng Arnem va Vert shaharlarida hibsga oldi, deb xabar beradi TJournal.
Ulardan uch nafari avval ham jangarilarga qo‘shilishga uringani uchun hibsga olingan edi.
Ayblanuvchilarning rahbari 34 yoshli iroqlik fuqaro bo‘lib, u 2017-yilda IShID tarkibiga qo‘shilmoqchi bo‘lganida sudlangan edi.
Qayd etilishicha, gumonlanuvchilar ko‘proq odam jabrlanishi uchun kattaroq bayram tadbirida terakt uyushtirishni niyat qilgan edi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)