• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Asomiddin Atoyev: Taqiqlar muammoni hal qilmaydi, uni muzlatib qo‘yadi xolos

    Oldin xabar qilinganidek, Qirg‘iziston poytaxti Bishkekda 13–15-sentabr kunlari “Ekstremizmga qarshi onlayn kurash” mavzuida II xalqaro simpozium bo‘lib o‘tdi.

    Yevropa Ittifoqi hamda jurnalistlarni qo‘llab-quvvatlovchi Internews tashkiloti tomonidan Qirg‘iziston davlat idoralari ko‘magida o‘tkazilgan mazkur tadbirda butun dunyodan axborot xavfsizligi bo‘yicha ekspertlar, sohaga ixtisoslashgan jurnalistlar, Markaziy Osiyo davlatlari delegatsiyalari ishtirok etdi.

    Simpozium tashkilotchilaridan biri — Internews eksperti, CyberSAR loyihasi koordinatori Asomiddin Atoyev “Daryo” bilan suhbatda tadbirdan ko‘zlangan maqsad, zo‘ravonlik ekstremizmi, mintaqadagi xavfsizlik masalalari hamda O‘zbekistonning rivojlanish istiqbollari xususida o‘z mulohazalarini bildirib o‘tdi.

    Asomiddin Atoyev — tojikistonlik mutaxassis, axborot-kommunikatsion texnologiyalarda xavfsizlikni ta’minlash sohasida ekspert. Internews eksperti va CyberSAR loyihasi koordinatori.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    - Assalomu alaykum, Asomiddin aka. Tanishganimdan xursandman. Ajoyib tadbir.

    - Ishtirokingiz va yoritayotganingiz uchun rahmat sizga ham.

    - O‘quvilarimizga sizning mintaqamizda yuritadigan faoliyatingiz bilan qisqacha tanishish juda qiziq bo‘ladi.

    - Hozir bo‘lib o‘tayotgan simpozium, biz uning ishtirokchilarimiz, Markaziy Osiyoda zo‘ravonlik ekstremizmiga onlayn qarshilik ko‘rsatish masalalariga bag‘ishlangan shu turdagi ikkinchi tadbirdir. Simpoziumning maqsadi kuchlarni birlashtirish, tomonlarning harakatlarini muvofiqlashtirish, internet imkoniyatlaridan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan ekstremizm va terrorchilikka qarshi kurashishdan samarador foydalanishdan iborat. Bu bizning asosiy maqsadimiz.

    - Bilasizmi, mintaqamizda doim, qariyb 30 yildan buyon ekstremizm tahdidi haqida gapirib kelinadi. Hozir endi onlayn ekstremizm tahdidi haqida gapirishyapti. Menga bir narsa qiziq. Ekspert sifatida bunga qanday baho berasiz? Bu gaplar qay darajada asosli yoki asosli emas? Ya’ni real va katta tahdid mavjudmi, yo‘qmi? Mubolag‘aga ham yo‘l qo‘yib turishadimi yoki yo‘q?

    - Mamlakatlarimizda ro‘y bergan voqealarga asoslanadigan bo‘lsak, tahdid mavjud. Axir zo‘ravonlik ekstremizmiga va terrorchilikka olib keluvchi radikalizm ham ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy ildizlarga ega. Mamlakatlarimizda bunday ijtimoiy-iqtisodiy muammolar bor ekan, ular hal qilinmagan taqdirda mana shunday radikallashuv muammosiga olib keladi.

    Bugungi kunda onlayn ekstremizm haqida ham gapirishimizga kelsak, umuman olganda, onlayn muhit, internet bizning borlig‘imizga, realligimizga aylanib qolgan. Real hayotimizda ro‘y beradigan hamma narsa kibermuhitda ham aks etadi. Kibermuhit mohiyatan hech qanday chegaraga ega bo‘lmagani, mamlakatlarning geografik chegaralari u yerda aks etmasligi bois tahdid miqyosi kengroq bo‘lib ko‘rinmoqda. Onlayn muhitda aks etadigan qandaydir voqea ro‘y bersa, internetdan foydalanadigan ko‘plab odamlar buni ko‘ra oladi. Ya’ni bunday voqeaning potensial kuzatuvchilari soni real hayotdagiga nisbatan bir necha barobarga oshib ketadi.

    - Meni bir savol qiziqtiradi. Ekstremizmga qarshi kurash hamda so‘z erkinligi, vijdon erkinligiga rioya etish o‘rtasidagi korrelyatsiya. Axir mintaqa mamlakatlarida shunday holatlar bo‘lgan, radikalizmning oldini olish yo‘lida fuqarolarning, ayniqsa diniy qatlamning ba’zi huquqlari cheklangan. Buni qanday muvozanatga solish mumkin? Buning qandaydir yo‘llari, metodlari, mexanizmlari bormi?

    - Xalqaro me’yorlarda bu prinsiplar ko‘rsatilgan — maqsadga muvofiqlik va proporsionallik prinsiplari. Mintaqaning barcha mamlakatlari shu kabi xalqaro aktlarga, jumladan, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktga a’zo. Demak, bu prinsiplar disproporsiyasi yoki disbalansi mavjud. Aslida tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, bu prinsiplarga rioya etilishi xavfsizlikni mustahkamlashga xizmat qiladi. Ya’ni bugungi kunda bir tomon foydasiga tanlov qilish amalda ijobiy natija keltirmaydi.

    Xavfsizlikni ta’minlashga urg‘u berilsa-yu, bunda inson huquqlariga rioya etilmasa, bu aks samara beradi. Inson huquqlarining buzilishi radikalizmga sabab bo‘lishi mumkin. Shuning uchun, yana takrorlayman, mamlakatlarimiz tegishli xalqaro hujjatlarni imzolagan hamda ularning shartlariga rioya qilinishi barqarorlikni ta’minlovchi birlamchi omil menimcha. Zero shuning o‘zi ekstremizm va terrorchilikni kuchsizlantirish yo‘lidagi samarador preventiv choralar hisoblanadi.

    - Lekin, shunga qaramay, mintaqa mamlakatlarida huquq buzilishi yoki muayyan cheklovlar o‘rnatilishi holatlari kuzatiladi. Bu choralar ekstremizmga qarshi kurash bilan tushuntiriladi. Vaziyatni o‘nglash uchun nima qilish lozim?

    - Yo‘q, bu muammoning o‘zi, tub ildiziga qarshi emas, uning oqibatlariga qarshi kurashdir. Ayniqsa dindor qatlamning tashqi ko‘rinishiga oid taqiqlar, buni nazoratga olishga bo‘lgan harakatlar — buning bari mohiyatan jo‘shqin faoliyatga taqlid xolos. Bu ishlar muammoni hal qilishga emas, muzlatib qo‘yishga qaratilgan, negaki bunda muammoning ildizini qo‘porib tashlash emas, uning oqibatlarini xaspo‘shlashga kuch va resurslar sarflanadi.

    - Siz, sizning tashkilotingiz, shu kabi yirik nohukumat tashkilotlar hukumatlarga bu boradagi sa’y-harakatlar samarasizligini tushuntirish bo‘yicha biror ish qilyaptimi?

    - Faoliyatimiz doirasida asosiy maqsad sifatida qonunchilik, nazorat orqali axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan shu yo‘lda unumli foydalanishni belgilaganmiz. Bu holatda esa real ma’lumotlarga ega bo‘lish uchun tadqiqotlar o‘tkazish ham faoliyatimizning asosiy yo‘nalishlaridandir. Ular orqali tegishli tahlillar olib boriladi hamda real holatga muvofiq keluvchi qarorlar qabul qilinadi. Asosli qarorlar esa radikalizm va boshqa destruktiv harakatlar yuzaga kelishining ildizi bo‘lmish ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilishda real natijalar ham beradi. Asosiy maqadimiz asl sabablarni aniqlashdir.

    - Mintaqa mamlakatlarining qaysilari bilan bu yo‘nalishda hamkorlik qilmoqdasiz?

    - Ikkinchi marta o‘tkazilayotgan simpozium Qirg‘iziston xavfsizlik kengashi ko‘magida amalga oshirilmoqda. Joriy yilda tashabbusga Qirg‘iziston xavfsizlik masalalari bo‘yicha davlat qo‘mitasi, shuningdek, prezident huzuridagi din ishlari davlat komissiyasi qo‘shildi. Bundan tashqari, biz mintaqaviy kompetent organlar bilan yaqindan hamkorlik qilamiz. Bu — MDH mamlakatlari aksilterrorchilik markazi, ShHT mintaqaviy aksilterror strukturasi. Joriy simpozium doirasida muhokama qilinadigan hamma narsa, qabul qilinadigan barcha qarorlar — ular barcha mamlakatlarga yetkazilishi va u yerda ishlatilishini tushunamiz.

    Bundan tashqari, ko‘rib turibsiz, O‘zbekiston va Qozog‘istonning kompetent organlari delegatsiyalari va ekspertlari qatnashmoqda. Bu tajriba almashinuviga, umumiy xulosalar qilinishiga yordam beradi.

    - Rahmat. Oxirgi savolim. O‘zbekiston oxirgi ikki yil davomida jahonga ochilmoqda. Biz ochilmoqdamiz...

    - Biz bundan juda xursandmiz.

    - Rahmat, biz ham. Ammo bu jarayonda muammolar kelib chiqmoqda. Ya’ni axborot xurujlari, qandaydir destruktiv g‘oyalar kirib kelishi bilan bog‘liq tahdidlar yoki eng kamida xavotirlar kelib chiqmoqda, jamiyatda bahslar yuzaga kelmoqda. Ayrimlar davom ettirishni istasa, ayrimlar to‘xtash kerakligini uqtirmoqda, negaki, ularning fikricha, tahdid juda jiddiy. Nima deb o‘ylaysiz, O‘zbekistonning bu boradagi istiqbollari qanaqa?

    - O‘zbekiston butun dunyoga namoyish qilayotgan ushbu kurs mustahkamlanishi va davom etishiga, O‘zbekiston bu faolligini qo‘shni davlatlarga ham o‘tkazishiga tilakdoshman. Birinchidan, ortga qaytish har qanaqasiga ziyon keltiradi. Jamiyatning o‘zi ham XX asrda bo‘lganidek statik, barqaror emas. O‘zbekiston misolini olsak. Aholining kattagina qismi, shu jumladan, mehnat muhojirlari doimiy ravishda yoki juda uzoq muddat mamlakat tashqarisida istiqomat qiladi. Aniq foizlarni bilmadim, balki 10, balki 15 foiz. Har qanaqasiga, ular ham teng huquqli fuqarolardir. Geografik jihatdan mamlakat chegaralari bilan kifoyalanadigan qarorlarning qabul qilinishi mamlakat tashqarisidagi fuqarolar foydasiga xizmat qilmaydi. Qarorlar barchaning manfaatlarini inobatga olinishi lozim.

    Eldar Asanov suhbatlashdi.

    27.09.2018, 23:00   Izoh (0)   13719
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Evo Morales Boliviyaning sobiq prezidentlariga amnistiya e’lon qildi

    27.09.2018, 22:54

    Marokash harbiy floti kemasi Ispaniyaga yo‘l olgan muhojirlar qayig‘ini o’qqa tutdi

    27.09.2018, 20:32

    Poroshenko BMTda Rossiyaning Azov dengizini “bosib olish” istagi haqida ma’lum qildi

    27.09.2018, 13:30

    3-oktabrdan Green Card lotereyasini to‘ldirish boshlanadi: nimalarni bilish kerak?

    27.09.2018, 10:30

    Malayziya tarixida birinchi marta ayol kishi hukumat yig‘ilishini olib bordi

    27.09.2018, 07:47

    Braziliyada prezidentlikka nomzodlarning yana biri kasalxonaga tushdi

    27.09.2018, 07:17
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Anchelotti “Real” boshqaruvini qachon tark etishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 9 may, 23:38

    Superliga. “Dinamo” “Surxon”ni mag‘lub etib, turnir jadvalida kuchli uchlikka kirib oldi

    Sport | 9 may, 22:35

    AQSH byudjeti taqchilligi yil boshidan beri 196 mlrd dollarga ko‘paydi

    Dunyo | 9 may, 22:05

    Fransiyada ikki general hokimiyatni tanqid qilgani uchun ishdan olindi

    Dunyo | 9 may, 21:35

    “Liverpul” “Real”ning qaroridan norozi bo‘ldi

    Sport | 9 may, 21:12

    NATO Kiyevga tinchlik shartnomasining bir qismi sifatida a’zolikni va’da qilmaganini bildirdi

    Dunyo | 9 may, 20:35

    Superliga. Vodiy derbisida “Neftchi” ustun keldi

    Sport | 9 may, 20:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.