O‘zbekiston Prezidentining 21-sentabrdagi “2019—2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, 2020-yil 1-yanvargacha barcha operatorlarning xalqaro telekommunikatsiya tarmoqlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanishi liberallashtiriladi, deb yozadi “Infocom.uz”.
Bu ushbu farmon orqali tasdiqlangan 2019—2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”da belgilab qo‘yilgan.
Barcha operatorlarning xalqaro telekommunikatsiya tarmoqlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanishi liberallashtirilishi natijasida yakuniy foydalanuvchilar uchun Internetdan foydalanish narxlari pasayishi kutilmoqda.
Izoh (0)