AQSh Davlat departamenti Vashington sanksiyalar kiritayotgan Rossiya kompaniyalari va jismoniy shaxslari ro‘yxatini e’lon qildi, deb yozadi “Dojd”.
Ro‘yxatga Vagner xususiy harbiy kompaniyasi, “Oboronlogistika”, Gagarin nomidagi aviazavod, “Internet-tadqiqotlar agentligi” ham kirdi.
Jismoniy shaxslar orasidan Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtab bosh boshqarmasi boshlig‘i Igor Korobov, shuningdek, milliarder Yevgeniy Prigojin joy oldi.
Davlat kotibi Mayk Pompeoning qayd etishicha, ro‘yxat “Rossiyaning mudofaa va razvedka sektorlari doirasida faoliyat yurituvchi” 33 ta banddan iborat. Ular CAATSA (“Amerika dushmanlariga sanksiyalar orqali qarshilik ko‘rsatish to‘g‘risida”) qonuniga tushgan.
Izoh (0)