21-sentabr — Xalqaro tinchlik kuni munosabati bilan hududlarda madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi. Xususan, Toshkentning Sergeli tumanidagi 47-umumta’lim maktabida “Tinchlik – farovonligimiz garovi” mavzusida o‘tkazilgan ma’rifiy tadbir, sport musobaqalari yoshlarni bir maqsad yo‘lida birlashtirdi, deb yozadi O‘zA.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar tinchlik va osoyishtalikning inson uchun muhim ahamiyati, tinchlikni ko‘z qorachig‘idek asrash, yosh avlodni tinchliksevarlik ruhida tarbiyalash zarurligini alohida ta’kidladi.
Tadbirda O‘zbekistondagi tinch, osoyishta va farovon hayotning qadriga yetish, shu farovon, osuda hayotni yanada mustahkamlash, oila, vatan farovonligi va obodligiga o‘z hissasini qo‘shib yashash, har bir fuqaro uchun ham qarz, ham farz ekanligi qayd etildi.
Tadbir doirasida sport musobaqalari ham o‘tkazilgani yoshlarni bir maqsad yo‘lida birlashtirdi.
Izoh (0)