Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Farg‘ona viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan departamentning Qo‘qon shahar bo‘limi inspektori R.B.ning bildirgisiga asosan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Qo‘qon shahar veterinariya bo‘limi faoliyati bo‘yicha qonunbuzilishi holatlari aniqlandi. Bu haqda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati xabar qildi, deb yozadi “Gazeta.uz”.
Shu sababli mazkur bo‘lim boshlig‘i E.I. unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atmaslik va ishni uning foydasiga ijobiy hal qilib berish evaziga R.B.ga 1 million so‘m pora berishni taklif qilib, Departamentning Qo‘qon bo‘limi binosida 1 million so‘mni pora tariqasida R.B.ga bergan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi xodimlari tomonidan departamentning Mirobod tuman bo‘limi inspektori M.S.ning bildirgisiga asosan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro X.A. o‘zning qarindoshi D.A.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atmaslik va ishni uning foydasiga ijobiy hal qilib berish evaziga M.S.ga 500 AQSh dollari pora berishni taklif qilgan. Departamentning Mirobod tuman bo‘limi binosi oldida 500 AQSh dollarini pora tariqasida M.S.ga bergan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departamentning Yangiyo‘l tumani bo‘limi tomonidan MIB Piskent tuman bo‘limi katta inspektori I.B.ning bildirgisiga asosan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro O.Ya. I.B.ga pora tariqasida 500 ming so‘m bergan vaqtda ushlangan.
U o‘ziga tegishli bo‘lgan “Madaniyat” mahallasi Fayzli ko‘chasida joylashgan nonvoyxonada gaz va elektr tarmoqlariga ulanish nuqtalaridan foydalanish qonuniyligini tekshirmaslik, dalolatnoma rasmiylashtirmaslik va hujjatlarni tegishli tartibda ro‘yxatdan o‘tkazmaslikni so‘ragan.
Har uchala holat bo‘yicha O‘zbekiston Jinoyat kodeksinining 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)