• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlab olish bo‘yicha “Taraqqiyot” respublika tanlovi e’lon qilindi

    O‘zbekiston Prezidentining 2018-yil 30-maydagi “Istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlov asosida tanlab olishning zamonaviy tizimini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori asosida istiqbolli boshqaruv kadrlarining tizimli asosda tanlab olinishini ta’minlash, shuningdek, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa davlat organlari va tashkilotlari tizimida ularning kasbiy malakasini uzluksiz oshirib borishga ko‘maklashish maqsadida har 3 yilda istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlab olish bo‘yicha “Taraqqiyot” respublika tanlovi o‘kaziladi, deyiladi e’londa.

    Foto: Davlat boshqaruvi akademiyasi

    Foto: Davlat boshqaruvi akademiyasi

    Tanlovda tayanch oliy ma’lumotga va tegishli sohada rahbarlik lavozimida kamida uch yillik ish tajribasiga ega, 30 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan (45 yosh ham qo‘shilgan holda) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etishi mumkin.

    “Taraqqiyot” respublika tanlovida talabgorlar 16 ta nominatsiya bo‘yicha o‘z sohasidan kelib chiqib ishtirok etishi mumkin. Xususan:

    1. Davlat va jamiyat boshqaruvi sohasidagi eng yaxshi boshqaruvchi.
    2. Sud-huquq sohasidagi eng yaxshi boshqaruvchi.
    3. Moliya-kredit sohasidagi eng yaxshi boshqaruvchi.
    4. Sanoat sohasidagi eng yaxshi boshqaruvchi.
    5. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasidagi eng yaxshi boshqaruvchi.
    6. Qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi eng yaxshi boshqaruvchi.
    7. Arxitektura va qurilish sohasidagi eng yaxshi boshqaruvchi.
    8. Kommunal xo‘jalik sohasidagi eng yaxshi boshqaruvchi.
    9. Soliq va bojxona sohasidagi eng yaxshi boshqaruvchi.
    10. Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi sohasidagi eng yaxshi boshqaruvchi.
    11. Ta’lim, fan va innovatsiya sohasidagi eng yaxshi boshqaruvchi.
    12. Sog‘liqni saqlash sohasidagi eng yaxshi boshqaruvchi.
    13. Madaniyat, san’at va sport sohasidagi eng yaxshi boshqaruvchi.
    14. Tashqi siyosat, tashqi iqtisodiy faoliyat va turizm sohasidagi eng yaxshi boshqaruvchi.
    15. Makroiqtisodiyot va hududiy rivojlanish sohasidagi eng yaxshi boshqaruvchi.
    16. Transport va logistika sohasidagi eng yaxshi boshqaruvchi.
    Davlat tashkilotlarida mehnat qilayotgan ishtirokchilarning tanlovda ishtirok etish davrida egallab turgan lavozimi va o‘rtacha oylik ish haqi saqlab qolinadi.

    Tanlov g‘oliblariga eng kam ish haqining 50 baravari miqdorida, final bosqichining qolgan ishtirokchilariga esa eng kam ish haqining 25 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti to‘lanadi. Tanlov final bosqichining qolgan ishtirokchilari tegishli sohaning boshqaruv kadrlari zaxirasiga kiritiladi.

    Tanlov g‘oliblari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi hamda Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markazi bazasida tegishli sohaga oid vazirliklar, idoralar, yirik kompaniyalar rahbarlari, mahalliy va xorijiy mutaxassislar hamda olimlar ishtirokida o‘tkaziladigan, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning sohaga oid tashkilotlarida tanlovning tegishli nominatsiyalari yuzasidan stajirovka o‘tashni o‘z ichiga oladigan “Boshqaruv kadrlarini tayyorlash bo‘yicha Prezident dasturi”ga muvofiq uch oylik kurslarda o‘qiydi.

    Tanlov g‘oliblari “Boshqaruv kadrlarini tayyorlash bo‘yicha Prezident dasturi”ga muvofiq uch oylik kurslarni o‘tagandan keyin tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha davlat tashkilotlarida rahbarlik lavozimlariga tayinlanadi.

    Tanlovda ishtirok etish uchun talabgorlar 2018-yilning 1-oktabridan 30-oktabriga qadar onlayn ro‘yxatdan o‘tishi mumkin. Batafsil ma’lumot taraqqiyot-tanlov.uz portalida joylashgan.

    Mazkur portaldan ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng talabgor anketasi to‘ldiriladi. Unda talabgor haqida to‘liq ma’lumotlar bazasi qamrab olinadi.

    Tanlov ishtirokchilari anketada belgilangan shakldagi ishonchli ma’lumotni ko‘rsatishi shart. Anketaga noto‘g‘ri ma’lumotni kiritish ishtirokchini tanlovdan chetlatishga sabab bo‘lishi mumkin.

    Ishtirokchilarning anketalarini o‘rganish uchun ishchi guruh tarkibi tanlov komissiyalari tomonidan shakllantiriladi. Ishchi guruhlari soni va ularning a’zolari tarkibi har bir nominatsiyaga taqdim etilgan arizalar soniga bog‘liq holda shakllanadi.

    Tanlov ishtirokchilari o‘zlari tomonidan taqdim etilgan anketa qaysi nominatsiyaga tegishli bo‘lishini mustaqil ravishda belgilaydi. Anketa ko‘rib chiqilayotganda ishchi guruh vakillari anketada ishtirok etgan shaxs ko‘rsatgan sohadagi ish tajribasiga qarab nomzodlikni o‘zgartirishni tavsiya etish huquqiga ega bo‘ladi.

    Tanlovning veb-portalida keyingi tanlov turida ishtirok etuvchilar ro‘yxati, tanlov o‘tkazilish kuni, joyi e’lon qilib boriladi.

    Veb-portalga kelib tushgan anketalar o‘rganiladi, talabgorlar aqliy salohiyat (IQ-test), psixologik barqarorlik, xorijiy tillarni bilishi, siyosiy-huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi islohotlardan xabardorlik darajasi bo‘yicha onlayn testdan o‘tkaziladi.

    Xorijiy tilni bilish darajasi rasmiy tasdiqlangani haqidagi xalqaro sertifikatlar mavjud bo‘lgan (V2 – CEFR (Common European Framework of Reference), 5,5 ball – IELTS (International English Language Testing System) va 72 ball – TOEFL (Test of English as a Foreign Language) ishtirokchilar xorijiy tillarni bilishi darajasi bo‘yicha testlardan ozod qilinadi. Ushbu ishtirokchilarga tanlovda maksimal ball qo‘shib beriladi.

    Yozma sinovlar va stajirovka bosqichida onlayn testlardan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlarga yozma tahliliy materiallar (ma’ruza) tayyorlash uchun har bir nominatsiya bo‘yicha muammoli, amaliyot bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan, tahliliy fikrlashni nazarda tutuvchi, har biri 5 savolni qamrab oluvchi tezislar beriladi.

    Talabgorlar tomonidan tegishli nominatsiyalar kesimida 5 savolni qamrab olgan mavzu bo‘yicha tayyorlangan yozma tahliliy materiallarni (ma’ruzalar) tekshirish natijasida ishtirok etuvchilardan 300 nafar talabgorlar tanlab olinadi.

    Talabgorlarning guruhda ishlash ko‘nikmasi, professionallik darajasi va boshqaruv qobiliyatini aniqlash maqsadida tegishli davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, mahalliy ijro hokimiyati organlari, davlat tashkiloti va idoralariga bir oylik stajirovka o‘tash uchun jo‘natiladi.

    Bir oylik stajirovka va talabgorlarning tashkilotchilik qobiliyati va boshqaruvchilik salohiyatini aniqlashga qaratilgan yozma test sinovi natijalariga asosan tanlovning final bosqichiga tavsiya etilgan 150 nafar talabgor aniqlanadi.

    Guruhlarda muammoli vaziyatlarni (keyslar) yechish va suhbat jarayoni bo‘yicha tanlovning final bosqichiga tavsiya etilgan 150 nafar talabgorning ro‘yxati, sinovlar o‘tkaziladigan sana, vaqt, joy va shartlari tanlovning veb-portalida e’lon qilinadi.

    Guruhlarda muammoli vaziyatlarni (keyslar) yechish jarayoni va talabgorlarning har biri bilan shaxsan o‘tkaziladigan suhbat natijalariga ko‘ra tanlovning 50 nafar g‘olibi aniqlanadi.

    20.09.2018, 11:20   Izoh (0)   12898
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Termizda ikki ayol olomon qilingani haqidagi mish-mishlarni rasmiy organlar rad etdi

    20.09.2018, 11:05

    Mudira qizining “pul oqimlari”ni boshqargan ona: Toshkentdagi 197-bog‘chada olib borilgan tekshiruv natijalari

    20.09.2018, 11:01

    Adliya vazirligida Belarus adliya vazirligi delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi

    20.09.2018, 10:35

    Samarqandda eriga qaynoq suv sepib yuborgan ayolga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    20.09.2018, 10:20

    O‘zbekistonda “Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinadi

    20.09.2018, 09:05

    O‘zbekistonda auditorlik faoliyati faqat xalqaro audit standartlari asosida amalga oshiriladi

    20.09.2018, 08:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentda 13 yoshli bola 3 yashar ukasini sho‘xligi uchun OLX’da sotuvga qo‘ydi (foto)

    O‘zbekiston | 26 iyun, 23:45

    Toshkentda uyida 1,5 mlrd so‘mlik sintetik giyohvand vositalarni saqlayotgan fuqaro ushlandi

    O‘zbekiston | 26 iyun, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 26-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 26 iyun, 23:01

    Fitch xalqaro reyting agentligi O‘zbekiston kredit reytingini “BB-” dan “BB” darajasiga oshirdi

    O‘zbekiston | 26 iyun, 22:45

    Markaziy Afrikada transformator portlashi oqibatida 29 nafar o‘quvchi halok bo‘ldi

    Dunyo | 26 iyun, 22:30

    Shavkat Mirziyoyev Belarusga yetib bordi

    O‘zbekiston | 26 iyun, 22:22

    Sirdaryoda noqonuniy baliq ovlanishi oqibatida qariyb yarim mlrd so‘m zarar yetkazildi

    O‘zbekiston | 26 iyun, 22:10

    Superliga. “Andijon” kambek qilib, “Xorazm”ni mag‘lub etdi

    Sport | 26 iyun, 22:10

    Tramp Netanyaxuga qarshi ishni darhol to‘xtatishni talab qildi

    Dunyo | 26 iyun, 21:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.