Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda Termizda ikki ayol mahalliy hukumat vakillari ishtirokida olomon qilingani haqida xabarlar tarqaldi, deb yozadi “Podrobno.uz”.
Ularda aytilishicha, to‘rt ayol — fohishalik bilan shug‘ullanganlikda ayblangan 18 yoshli qiz, uning onasi va ikki qarindoshi maydonga olib kelinib, xalq qarshisida tiz cho‘kib o‘tirishga majbur qilingan.
Ammo nashr ushbu voqea yuzasidan hech qanday rasmiy ma’lumot ololmagan. Surxondaryo prokuraturasida tibbiyot muassasasi hamshirasiga qo‘l ko‘targan va ma’muriy javobgarlik bo‘yicha ish ochilgan ayollar haqida ma’lum qilishgan, xolos.
Shahar hokimi, prokuror o‘rinbosari, tuman sudi raisi, IIB boshlig‘i, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi va boshqa tashkilotlar vakillari ushbu holat yuzasidan majlis o‘tkazgan va unda hamshiraga qo‘l ko‘targan ayollarga tanbeh berilgan.
Jamoatchilik tomonidan olomon qilinish holati haqidagi versiyani esa ushbu rasmiy organlar rad etdi.
Izoh (0)