Samarqand viloyatining Narpay tumani, “Oqtosh” MFYda yashovchi S.M. ismli ayol uyida oilaviy janjal oqibatida turmush o‘rtog‘i N.M.ning ustiga qaynoq suv sepib yubordi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
N.M. kuyish jarohati bilan kasalxonaga yotqizildi. Ayol qo‘lga olingan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)