Vazirlar Mahkamasining 4-iyulda tasdiqlangan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarda jismoniy hamda yuridik shaxslar uchun 2018-yilning ikkinchi yarimyilligi doirasida sayyor qabullar tashkillashtirish grafigiga muvofiq, 28-sentabrda “Davyergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi raisi Abdushukur Abdullayev ishtirokida Beruniy tumanida sayyor qabul tashkil etiladi. Bu haqda qo‘mita “Daryo”ga ma’lum qildi.
Qo‘mita vakolati doirasidagi masalalar yuzasidan muammolar, savollar, taklif va mulohazalar bilan 28-sentabr soat 11:00 da Beruniy tuman hokimiyati majlislar zaliga tashrif buyurish mumkin.
Izoh (0)