Bugun, 19-sentabr kuni Toshkent shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar temir yo‘llari ma’muriyatlari rahbarlarining birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar bermoqda.
Uchrashuv yakunlariga ko‘ra bayonnoma imzolanishi rejalashtirilmoqda.
Shuningdek, SHHTga a’zo davlatlar delegatsiyalari 20—21-sentyabr kunlari “Markaziy Osiyo xalqaro transport yo‘laklari tizimida: amalga oshirilmagan imkoniyatlar va strategik istiqbollar” mavzusidagi xalqaro konferensiya ishida ishtirok etadi.
Izoh (0)