“Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyatida Belarus Respublikasining “MAZ” kompaniyasi direktori Dmitriy Katerinich bilan uchrashuv bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi, deb yozadi O‘zA.
Uchrashuvda “MAZ” rahbariyati tomonidan “Toshshahartransxizmat” AJ boshqaruvi raisiga maxsus sertifikat topshirildi.
Bu sertifikat jamiyat tasarrufidagi “Toshavtota’mirxizmat” unitar korxonasiga “MAZ” avtomobillarini ta’mirlash va boshqa servis xizmatlari ko‘rsatish huquqini beradi.
Izoh (0)