O‘zbekistondagi Janubiy Koreya elchixonasi 28-sentabrdan 6-oktabrgacha Koreya kinofestivalini o‘tkazishni rejalashtirmoqda, deb yozadi “Podrobno.uz”.
Festival Toshkent, Jizzax va Qarshida bo‘lib o‘tib, O‘zbekiston xalqini koreys xalqining siyosati, madaniyati, tarixi, hayoti, an’analari, qadriyatlari, musiqasi, taomlari, modasi bilan tanishtiradi.
Festival doirasida vafotidan so‘ng bir oy davomida boshqa odam sifatida yashab ko‘rish imkoniyati berilgan advokat haqidagi “Miss rafiqa” komediyasi, Choson davrida firibgarlik bilan pul orttirgan tovlamachi to‘g‘risidagi “Daryoni sotgan Kim Son Dal” komediyasi, politsiya faxriysi haqida hikoya qiluvchi “Faxriy” filmi hamda azaliy orzusini ro‘yobga chiqarishga urinayotgan uy bekasi haqidagi “Raqs qirolichasi” kartinasi namoyish etiladi.
Izoh (0)