Toshkent shahrida 7-sentabr kunidan 13-sentabr kunigacha bo‘lgan muddat ichida mobil (ko‘chma) radarlar tomonidan shahar ko‘chalarida 9 870 ta tezlik oshirilganligi fakti qayd etildi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Masalan, 7-sentabr kunining o‘zidayoq 523, 12-sentabr kuni esa 520 marta tezlik oshirilganligi holati qayd etildi. 13-sentabr kuni esa radarlar 690 marta tezlik oshirilganligi faktini qayd etdi.
IIBB haydovchilarni yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish va tezlikni oshirmaslikka chaqiradi.
Izoh (0)