Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko O‘zbekinstonga tashrifini yakunlab, Minskka jo‘nab ketdi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
Belarus rahbarining samolyoti Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportidan uchib ketdi. Lukashenko aeroportga O‘zbekiston Prezidentining “Qaynarsoy” qarorgohidan keldi. Uni samolyot trapigacha O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov kuzatib qo‘ydi.
Aleksandr Lukashenko 12-sentabrdan beri O‘zbekistonda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgandi.
Izoh (0)