Ukraina Qurolli kuchlari Azov yo‘nalishidagi armiya guruhini kuchaytirdi, deb yozadi “Korrespondent.net” quruqlikdagi qo‘shinlar qo‘mondoni general-polkovnik Sergey Popkoga tayanib.
“Rossiya Federatsiyasining Azov dengizidagi tajovuzkor xatti-harakatlariga javoban, Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi qarori bilan Azov yo‘nalishidagi Qurolli kuchlar, shu jumladan, quruqlikdagi qo‘shinlar guruhi kuchaytirildi”, — deb yozdi u Facebook’dagi sahifasida.
Hududdagi vaziyatni to‘liq nazorat qilish, kema guruhlari harakatlarini qo‘llab-quvvatlash, dengiz qirg‘og‘ining ishonchli mudofaasini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Izoh (0)