Avstraliyaning Cryoclock kompaniyasi mutaxassislari deyarli abadiy ishlaydigan yoqut soatni yaratdi. U qo‘shimcha sozlashlarsiz 40 million yil ishlashi kerak, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.
SapphireClock soatiga kriogenli yoqut ossillyator asos qilib olingan bo‘lib, u 12000 karatli yoqut kristallidan yasalgan.
Kristall deyarli -267 daraja Selsiyga sovutiladi. Soat aniqligi bo‘yicha istalgan tijoriy analogdan 1000 karra ustun, shuningdek, soniyasiga 10 milliard marotaba uradi. Soat mamlakat mudofaasida yetakchi rol o‘ynaydigan JORN (Jindalee Operational Radar Network) — erta ogohlantirish tizimini takomillashtirish uchun yasalgandi.
Izoh (0)