Andijon viloyatining Baliqchi tumani, Guliston qishlog‘ida Abdurahmat Hojimurodov 2002-yilda ixtiro qilgan, to‘liq qo‘l mehnati yordamida yasalgan g‘aroyib mashinani hozirgacha ishlab kelmoqda. Bu haqda “Daryo” mobil muxbiri xabar berdi.
Garchi ixtiroga patent olinmagan bo‘lsa ham (muallif oddiy hunarmand, oliy ma’lumotga ega emas), qishloq xo‘jaligida katta foydasi tegmoqda.
Mashina dvigateli 13 ot kuchiga ega, maksimal tezligi 50 kilometr, soatiga 2 litr yoqilg‘i sarf qiladi. Ish bajaruvchi jihozi tok va dizelga ishlaydi.
Bajaradigan ishi soatiga 3 tonnagacha makkajo‘xori maydalaydi. Bug‘doy, sholi, loviya, mosh va kungaboqarni ajratib, donini tozalab beradi. 2 tonnagacha yukni ko‘tara oladi.
Izoh (0)