American Airlines aviakompaniyasi uchuvchisi noqulay ob-havo sababli o‘z yo‘nalishini o‘zgartirgan samolyotning barcha yo‘lovchilariga pitssa sotib olib berdi. Bu haqda Inside Edition xabar qildi.
Los-Anjelesdan Dallas aeroportiga uchayotgan samolyot Uichito-Fols shahriga yuborilganidan keyin 159 nafar yo‘lovchi keyingi kunga qadar aeroportda qolib ketgan. Shunda kema kapitani Jeff Reyns ko‘ngli qolgan yo‘lovchilarni tinchlantirish uchun 40 quti pittsa buyurtma qilgan
Uning harakati hamkasblari va sayohatchilarni hayratda qoldirgan.
Izoh (0)