Shu yil 6-sentabr kuni Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumanida yashovchi R.M. “Nodira” MFYda yashovchi buvisi T.E.ning uyidan 4 400 dollar va 2,7 million so‘mni yashirin ravishda o‘g‘irlab olib chiqib ketadi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Uni ko‘rib qolgan buvisi qarshilik ko‘rsatgan vaqtida R.M. yuziga qo‘li bilan urib, pullarni talonchilik yo‘li bilan olib ketgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida R.M. ushlandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.
Izoh (0)