Amerikaning avtomobil ishlab chiqaruvchi Ford kompaniyasi Shimoliy Amerikadagi ikki millionta avtomobilni xavfsizlik kamarini ushlab turuvchi moslamada chaqin paydo bo‘lish ehtimoli sababli chaqirib oladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Chaqiruv 2015—2018-yillarda ishlab chiqarilgan F-150 Regular Cab va SuperCrew Cab modellariga taalluqli.
Ford tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar avtomobillar old o‘rindiqlaridagi xavfsizlik kamarini ushlab turuvchi moslamalar ishlagan vaqtda me’yordan ortiqcha chaqin hosil qilishini ko‘rsatgan.
Kompaniya tomonidan ta’kidlanishicha, chaqinlar avtomobilda yong‘inga sabab bo‘lishi mumkin. Shu vaqtga qadar tutash va yong‘in chiqishi holatlari AQShda 17 marta, Kanadada olti marta qayd etilgan.
Izoh (0)