Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari Namangan viloyatida 28-avgustiga o‘tar kechasi chetga katta miqdorda noqonuniy valyuta olib chiqib ketishni to‘xtatishga qaratilgan tezkor tadbir o‘tkazdi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanali efirida berilgan lavhada hikoya qilinadi.
Yangiqo‘rg‘on tumani, Gaznon mahallasining chegaradosh hududida Cobalt va Lacetti mashinalariga yuklangan yirik miqdordagi xorijiy valyutani Qirg‘izistonga olib o‘tishni rejalashtirgan uch kishidan iborat guruh qo‘lga olindi.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, to‘xtatib qolingan xorijiy valyutaning umumiy miqdori 5,3 million AQSh dollarini tashkil etdi. Bu pullar Toshkent va Qo‘qon shaharlari hamda va Namangan viloyatida ish olib boruvchi yashirin iqtisodiyot vakillariga tegishli bo‘lgan.
Hozirda holat yuzasidan yuqoridagi shaxslarga nisbatan Davlat xavfsizlik xizmati tergov bo‘limi tomonidan tergov-surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)