Suriya hukumati va “Jabhat an-Nusra” terrorchilik tashkilotining jangarilari jangovar xlor ishlab chiqarish imkoniyatiga ega. Bu haqda BMTning Suriya bo‘yicha maxsus elchisi Staffan de Mistura 4-sentabr kungi brifingda ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.
“Bir tomondan Suriya hukumati ham, “an-Nusra” terrorchilik tashkiloti ham jangovar xlor ishlab chiqarish imkoniyatiga ega ekanligini tasdiqlayman. Jangovar xlor kimyoviy hujum deb hisoblanish imkoniga ega. U havodan og‘irroq bo‘lib, sog‘liqga katta zarar keltiradi”, — dedi u “an-Nusra” Idlibda kimyoviy hujum uyushtirishi mumkinligi ehtimolini izohlay turib.
Shu bilan bir paytda, de Mistura Suriyada har qanday kimyoviy qurol, shu jumladan jangovar xlor qo‘llashga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini ta’kidlab o‘tdi.
Izoh (0)