Prezident Shavkat Mirziyoyev 3-sentabr kuni Qirg‘izistonning Cho‘lpon ota shahriga tashrif buyurdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.
Issiqko‘l aeroportida davlat rahbarini Qirg‘iziston Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Kubatbek Bo‘ronov va boshqa rasmiy kishilar kutib oldi.
Shavkat Mirziyoyev bu yerda Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi sammitida ishtirok etadi.
Izoh (0)