AQShning Vermont shtatidagi tog‘da planer halokatga uchradi, deb xabar beradi “TASS”.
Planerning bortida uchuvchi va ikki nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Hodisa oqibatida ularning barchasi halok bo‘lgan.
Planer Vermont shtatida joylashgan Morrisvill-Stou aeroportidan havoga ko‘tarilganidan keyin shatakka oluvchi samolyotdan ajralib qolgan.
Hodisa AQSh fuqaro aviatsiyasi federal boshqarmasi hamda transportda xavfsizlik bo‘yicha milliy boshqarma tomonidan o‘rganilmoqda.
Izoh (0)