Germaniyaning Visbaden shahrida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning to‘rt metrli zarhallangan haykali demontaj qilindi, deb yozadi “RBK” mahalliy politsiyaga tayanib. U avvalroq Wiesbaden Biennale zamonaviy san’at festivali doirasida o‘rnatilgan edi.
Haykal kran yordamida demontaj qilingan, so‘ng olib ketilgan.
Shahar ma’muriyati aniqlik kiritishicha, haykalni olib tashlash qarori xavfsizlik nuqtai nazaridan qabul qilingan.
Barmog‘i bilan osmonni ko‘rsatayotgan Erdo‘g‘onning tillarang haykali shaharning Birlik maydoniga 28-avgustga o‘tar kechasi o‘rnatilgan edi.
Izoh (0)