Moskvada Novolipetsk metallurgiya kombinati vitse-prezidenti Bruno Charlz De Kuman halok bo‘ldi, deb yozadi “Dojd”.
Top-menejer “Suv bo‘yidagi uy” (Moskva daryosining Bersenevskiy qirg‘og‘idagi turar joy)ning to‘qqizinchi qavatidan tushib ketgan.
Novolipetsk metallurgiya kombinati matbuot xizmati De Kumanning vafotini tasdiqladi, ammo hodisa tafsilotlarini ma’lum qilishdan bosh tortdi.
Erkak voqea joyida vafot etgani xabar berilmoqda. Hodisa sabablari noma’lum, biroq marhum mast bo‘lmagani aytilmoqda.
Izoh (0)